YANGI GRANADA

YANGI GRANADA — asosiy oʻzagi Kolumbiya hisoblangan Janubiy Amerikadagi ispan mustamlakalari nomi (1538-yildan). Turli vaktlarda hoz. Venesuela, Panama, Ekvador hududlarini oʻz ichiga olgan. Ispaniyadan mustaqil boʻlgani (1819)dan soʻng 1863-yilgacha hoz. Kolumbiya va Panama hududining nomi.