YANG

YANG (Yan Chjennin) (1922.22.9, Xefey, Xitoy) — xitoy fizigi; AQSH da ishlagan. AQSH Milliy FA aʼzosi (1965), prof. (1955). Milliy untni tugatgan (1942). Falsafa fanlari d-ri (1948). Chikago untida (1948—49), Prinston untida (1949—65) ishlagan. Nyu-York un-ti prof. (1966) va Nazariy fizika instituti direktori (1967-yildan). Ilmiy ishlari statistik fizika, maydon kvant nazariyasi, elementar zarralar fizikasiga oid. Amerikalik fizik R. Mills bilan hamkorlikda kalibrlash prinsipini tavsiya etgan va vektor mezon maydoni nazariyasini ishlab chiqqan (1954). Kuchsiz oʻzaro taʼsirda juftlik saqlanish qonunining buzilishi (1956, T. Li bilan), betayemirilishda nafaqat juftlik, balki yakka zaryad bogʻlikdigi ham sakdanmasligi (1957, T. Li va R. Eme bilan) haqidagi gipotezani ilgari surgan. Shu yili (L. D. Landau va A. Salomdan mustaqil ravishda) kombinatsiyalangan juftlikning saqlanishi haqidagi gʻoyani ilgari surdi (T. Li bilan hamkorlikda). Pionni nuklon va antinuklondan iborat sistema deb hisoblab, elementar zarraning birinchi tarkibiy modelini tavsiya etdi (1949, E. Fermi bilan hamkorlikda). Kuchsiz oʻzaro taʼsir oraliq vektor bozonlar vositasida uzatiladi, degan gʻoyani ilgari surdi (1960, T. Li bilan). Nobel mukofoti laureati (1957).