YALTIROQ QUNGʻIZLAR

YALTIROQ QUNGʻIZLAR — qattiqqanotli hasharotlar turkumiga mansub oila. Uz. 1—6 mm, tanasi boʻrtiq, yaltiroq. 2000 dan koʻproq, jumladan, Oʻzbekiston faunasida 10 ga yaqin turi maʼlum. Karamdoshlar, burchoqdoshlar va boshqalar oʻsimliklar guli, gʻunchasi, ayrim . turlari quruq oʻsimlik qoldiqlari, zamburugʻ mitseliylari va Raps yaltiroq murdalari bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari yirtqich: poʻstloqxoʻr va uzuntumshuq qoʻngizlar qurtlari, shiralar va koksidiyasimonlar lichinkalarini qiradi.