YALOU Rozalin Sasmen

YALOU Rozalin Sasmen (1921.19.7, Nyu-York) — amerikalik fizik va shifokor (medik). Xanter kollejini tugatgan (1941), shu kollejda fizikadan adyunktprof. (1946—50). Bronks gospitali radioizotop xizmati boshligʻi yordamchisi (1950—70), 1970-yildan yadro tibbiyoti boʻlimi rahbari. NyuYorkdagi Lenoks Xill gospitali ilmiy maslahatchisi (1956—62). Yeshiv un-ti Albert Eynshteyn tibbiyot kollejida prof. (1979—86), ayni vaqtda tibbiyot markazi va Montefior gospitali klinik fanlar boʻlimi rahbari. 1986-yildan tibbiyot maktabida prof. Ilmiy ishlari qonda va endokrin bezlari toʻqimasida insulin, paratireoid gormon, gastrin va kortikotropinni radioimmunologik aniqlashga oid. Nobel mukofoti laureati (1977; hamkorlikda).