YALDIROVUQ

YALDIROVUQ (Yaxdirovuq) — Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyatining jan. chegarasi va Turkmanistonning shim. chegarasidagi koʻl. Yangiariq tumanidagi Oqmachit qishlogʻidan 10 km jan. sharqda, 90 m balandlikda joylashgan. Havzasi mayd. 0,68 km2. Uz. 2 km, eng keng joyi 0,6 km. Shim. dan jan. ga choʻzilgan. Koʻl 0,4 km shimolroqda oqib oʻtuvchi Koʻllar kollektoridan kelgan yer osti va tashlama suvlaridan toʻyinadi. Suvi shoʻr.