YALANGTOʻSHTEPA

YALANGTOʻSHTEPA — shahar xarobasi (mil. av. 2—1, mil. 7—8-asrlar). Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Oʻrgulsoy daryosining quruq oʻzani boʻyida. 1973-yilda E. V. Rtveladze tomonidan aniqlangan. Umumiy mayd. 30 ga. 3 qismga boʻlingan: qoʻrgʻon, shahriston va qabriston. Qoʻrgʻon toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (110×100 m), devor va xandaq bilan oʻralgan. Qoʻrgʻonning jan. tarafida darvoza, burchaklarida yarim aylana shaklli minoralari bor. Kushon davriga oid sopol idishlar, terrakotadan yasalgan maʼbudaning boshi, arfa chalayotgan qiz haykalchasi topilgan.