YAKKABOGʻ

YAKKABOGʻ — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi shahar (1978 yil dan), tuman markazi. Viloyat markazi (Qarshi) dan 95 km sharkda. T. y. stansiyasi. Aholisi 22,3 ming kishi (2003). Paxta tozalash, gʻisht zdlari, MTP, toʻqimachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Oʻzbekiston — Germaniya «Yakkabogʻteks» qoʻshma korxonasi bor. 5 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa, sport maktablari, litseyinternat, 3 kasb-hunar kolleji, 3 kutubxona, shahar madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. 2 kasalxona, markaziy va tish davolash poliklinikalari, tugʻruqxona, dorixonalar, paxta tozalash z-di profilaktoriysi aholiga xizmat koʻrsatadi. Yakkabogʻ bilan qoʻshni tuman markazlari va Qarshi shahri orasida avtobuslar qatnaydi.