YAZGʻULOM MUZLIGI

YAZGʻULOM MUZLIGI (Mozordara muzligi) — Gʻarbiy Pomirdagi (Tojikiston) vodiy muzligi. Yazgʻulom tizmasining shim. yon bagʻrida, Yazgʻulom (Mozordara) daryosi boshlangan joyda. Uz. 19,5 km, mayd. 25,5 km2. Muzlik tilining uz. 12,5 km, eni 600—1000 m. Muzdikning pastki chegarasi 3600 m balandlikkacha tushgan. Muzlik sekin (sutkasiga bir necha sm) harakatlanadi.