YAZD MINIATYURA MAKTABI

YAZD MINIATYURA MAKTABI — 15-asrda Yazd shahrida shakllangan miniatyura uslubi. Bu maktab vakillari asarlarida tasvirlar sodda, lekin nafis va tiniq ifodalangan, ranglar koloriti (ayniqsa, kishilarning «Bahrom ovda» (Xusrav Dehlaviyning «Xamsa» asariga ishlangan miniatyura; 1495—96 ylar) kiyimlarida) keskinligi bilan diqqatga sazovor. Uslub jihatidan Sheroz miniatyura maktabtl yaqin. «Sheʼriyat antologiyasi» va 1446—47 yillarda koʻchirilgan Nizomiyning «Xamsa» (Istanbuldagi Toʻpqopu saroyida), 1445-yilda koʻchirilgan Firdavsiyning «Shohnoma» (Rossiya milliy kutubxonasida), Xusrav Dehlaviyning «Xamsa» (Ozarbayjon FA Qoʻlyozmalar in-tida) kabi qoʻlyozmalar shu maktab vakillari tomonidan yaratilgan moʻjaz rasmlar bilan ziynatlangan.