YADROCHA

YADROCHA, nukleola — koʻpchilik eukariotlar hujayra yadrosi ichidagi tigʻiz tanacha. Ribosomolar hosil qiluvchi ribonukleoproteidlar (RNK)dan iborat. Odatda, yadroda bitta, baʼzan bir necha Yadrocha (mas, baliqlarning oʻsayotgan tuxumhujayralari yadrolarida) boʻladi. Yadrocha xromosomalarning ribosom r-nK kodlaydigan genlari joylashgan lokusida shakllanadi. Yadrocha yadrocha ichi xromatini, r-nK fibrillari va granulalar zonalaridan iborat. Granulalar zonasi ribosomalarning katta va kichik subbirliklarini hosil qiladigan rRNK molekulalariga ega. Preribosomal (ribosomalar hosil qiluvchi) fanulalar Yadrochadan ajralib, sitoplazmaga chiqadi; sitoplazmada ulardan ribosomalar shakllanadi. Yadrochaning fibrillalar zonasiga yorugʻlik mikroskopda amorf qism, granulyar zonaga — nukleolonema (toʻrsimon geterogen qism) sifatida qaraladi. mitozda koʻpincha Yadrocha yemirilib, mitoz tamom boʻlishi bilan yana shakllanadi.