YAGUAR

YAGUAR — katta mushuklar urugʻiga mansub yirtqich sut emizuvchi. Gavdasining uz. 2 m gacha, dumi 75 sm gacha. Jussasining koʻrinishi yoʻlbarsga oʻxshash; qizgʻish yungida qora dogʻlari va halqalari boʻladi. Janubiy , Markaziy Amerika va Shim. Amerikaning janubida tarqalgan. Tropik va subtropik oʻrmonlarda, ahyonahyonda togʻlarda uchraydi. Daraxtlarga chiqa oladi. Tuyoqlilar, maymunlar va kemiruvchilar bilan oziklanadi. Soni kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.