YAVANTROP

YAVANTROP, ngandon yoki soloy odami — qazilma odam, skeleti qoldiqlari (Pta toʻliq boʻlmagan bosh suyagi va 2 ta katta boldir suyagi) 1931 — 33 yillarda Yava o. ning Ngandon qishlogʻi yaqinida Solo daryosi qirgʻoqlarida yuqori pleystotsen qatlamlaridan topilgan. Dastlabki geologik yoshi (60—50 ming yil) va ayrim morfologik belgilariga binoan Yavantropni paleoantroplarga kiritilgan. Lekin keyinchalik bosh suyagining tuban tuzilishi belgilariga (koʻz usti boʻrtigʻining qalinligi, bosh miya qutisi hajmining kichik — 1100 sm3 boʻlishi va boshqalar) binoan Yavantropni arxantroplar (pitekantroplar)ta mansubligi aniqlandi. Bosh suyagida juda koʻp jarohatlar boʻlishi Yavantrop orasidagi kannibalizm, «boshni ovlash» va «bosh qutisiga sigʻinish» bilan tushuntiriladi.