YAVALIKLAR

YAVALIKLAR, yavanlar — Indoneziyadagi xalq (89 mln. kishi), Yava o. markaziy qismining asosiy aholisi. Shuningdek, Malayziya, Avstraliya, Niderlandiya va boshqalar mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 89,6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yava tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar. Yavaliklar dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va baliq bilan shugʻullanadi.