YOʻLDOSHEVA

YOʻLDOSHEVA Hayitgul (1948.8.10, Amudaryo tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998). Leningrad unti kimyo-biol. f-tini tugatgan (1972). 1973-y. dan Amudaryo tumanidagi 30-oʻrta maktabda (1975—85 y. lar 48-oʻrta maktabda) kimyo-biol. oʻqituvchisi. Yoʻldosheva kimyo fanidan darelarni chuqurlashtirilgan dastur asosida olib boradi. U test sinovlari asosida tashkil qilingan sinflarda dars-maʼruza, darssuhbat, seminar usullarini qoʻlladi; bu usullar oʻquvchilarning mus-taqil fikrlashi, bilim doirasini kengayishida oʻz samarasini koʻrsatdi.