YOʻLDOSHEVA Jamilaxon Turgunboyevna

YOʻLDOSHEVA Jamilaxon Turgunboyevna (1955.26.6, Rishton tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Qoʻqon ped. in-tini tugatgan (1983). 1972-y. dan Rishton tumanidagi 40-maktabda ish yurituvchi, 1973-y. dan boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Yoʻldosheva oʻquvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oʻstirishga alohida ahamiyat beradi, darsda test va noanʼanaviy dars usullaridan, yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadi.