YOʻLDOSHEV Shukrulla Ubaydullayevich

YOʻLDOSHEV Shukrulla Ubaydullayevich (1935.11.4, Toshkent) — mexanik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), texnika fanlari d-ri (1982), prof. (1983). Toshkent politexnika in-tining mexanika f-tini tugatgan (1957). Oʻrta Osiyo q. x. ni mexanizatsiyalash va elektrlashtirish i. t. intida katta ilmiy xodim (1962—64), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1974—76). Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash muhandislari in-tida dotsent va kafedra mudiri (1977—83), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1983—87), «Mexanizatsiya» markazining prorektori (1987—91), 1997-y. dan kafedra mudiri. Ilmiy ishlari q. x. mashinalarini taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish, paxta terish mashinalarining texnikaviy darajasini oshirish, ish kursatkichlarini yaxshilash va b. masalalarga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995 — 2000).

As: Texnicheskoye sovershenstvovaniye xlopkouborochnыx mashin, T., 1976; Mashinalar ishonchliligi va ularni taʼmirlash asoslari, T., 1994.