YOʻLDOSHEV

YOʻLDOSHEV Fayzulla (1912.15.9, Turkiston sh. — 1991) — 2-jahon urushi qatnashchisi, leytenant. 1942-y. dan frontda. 42-oʻqchi polkida boʻlinma komandiri boʻlib xizmat qilgan. Yoʻldoshev 1943-y. 27 sent. da Dnepr boʻyidagi jangda jasorat koʻrsatgan. Razvedkada qatnashib, dushman haqida muhim maʼlumot toʻplagan. Dneprning oʻng qirgʻogʻidagi janglardan birida ogʻir yaralangan. Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943). Urushdan keyin Namangan viloyatining Irvadan qishlogʻida yashagan, oʻrta maktabda direktor boʻlib ishlagan. Namangan tumanidagi 32-maktabga nomi berilgan.