YOʻLDOSHEV Muhammadjon Yoʻldoshevich

YOʻLDOSHEV Muhammadjon Yoʻldoshevich (1904.1.5, Fargʻona viloyati, Beshariq qishlogʻi — 1985.3.9, Toshkent) — tarixchi olim, sharqshunos. Oʻzbekiston FA akad. (1968). Oʻrta Osiyo kommunistik un-tini tugatgan (1928). Dastlab partiya va maorif ishlarida I ishlagan. 50-y. lardan soʻng ilmiy ish bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida shoʻba mudiri, keyinchalik katta ilmiy xodim (1961—82). Asosiy ilmiy ishlari oʻzbek xalqining oʻrta asr tarixi va manbashunoslikka oid masalalarni yoritishga bagʻishlangan. Xiva xonligi va Buxoro amirligi tarixiga oid arxiv hujjatlarini topish, tadqiq etish va nashr etishda alohida xizmat koʻrsatgan.

As: Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959; K istorii torgovыx i posolskix svyazey Sredney Azii s Rossiyey v XVI-XVII vv., T., 1964; K istorii krestyan Xivы XIX v., T., 1996.