YOʻLDOSHEV

YOʻLDOSHEV Ibrohim (1941, Jarqoʻrgʻon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1965). 1965—96 y. larda Jarqoʻrgʻon tumanidagi 15-maktabda ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Yoʻldoshev oʻquvchilarga zamon talablari asosida bilim berish bilan birga, oʻquvchilarning yozma nutqini oʻstirish, lugʻat boyligini oshirishga katta eʼtibor beradi.