YOʻLDOSH SHAHAR

YOʻLDOSH SHAHAR — yirik shahar atrofida (uning chegarasidan tashqarida) bunyod etilgan kichik shahar, posyolka. Yoʻldosh shahar transport yoʻli orqali katta shahar bilan yaxshi bogʻlangan boʻladi. Unda, asosan; yirik shaharda ishlaydigan aholining bir qismi yashaydi. Yoʻldosh shahar yirik shaharning bir qismi hisoblanadi. Sanoat taraqqiyoti oqibatida vujudga kelgan. Bino va inshootlari aholining yashashi, dam olishi uchun qulay qilib, tabiat bilan uygʻunlashtirib quriladi. Oʻzbekistonda birinchi Yoʻldosh shaharga 1966-y. dagi zilziladan keyin Toshkent shahar yaqinida asos solingan (Sergeli Y. sh. chasi, 1967).