YOʻLDOSH

YOʻLDOSH, bola oʻrni — bola tugʻilgach, ketidan tushadigan homila pardalari, platsentasi va kindigidan iborat aʼzo: homilani ona tanasi bilan bogʻlab turadi. Tugʻruqning Yoʻldosh tushish davrida platsenta va pardalar bachadon devoridan toʻla koʻchadi va tugʻruq yoʻllari orqali chiqadi (yana q. Platsenta).