YOʻLBARSQUYRUQ

YOʻLBARSQUYRUQ — Orol dengizining jan. da, avvalgi Moʻynoq ya. o. ning shim.-gʻarbiga tutashgan qirgʻoq boʻyi marza orolidan iborat kum tili. Orol dengizining chekinishi tufayli quruqlik b-n qoʻshilib ketgan. Bal. 53 — 54 m, uz. 21 km boʻlgan. Qad. uchta qum marzasidan iborat. Shim.-gʻarbida Yoʻlbarsquyruq burni boʻlgan. Oʻ yerda 1960—80 y. larda gidrometeorologik st-ya faoliyat koʻrsatgan. Dengiz chekingandan keyin Yoʻlbarsquyruqni barxandoʻng qumlar qoplagan. Hududda qora saksovul, qandim kabi butalar tarqalgan.