YOSEMIT SHARSHARASI

YOSEMIT SHARSHARASI — Yosemiti-Krik daryosidagi sharsharalar kaskadi. Yosemit milliy parki hududida (AQSHning Kaliforniya shtatida). Umumiy bal. 727 m, eng yuqoridagi Apper-Yosemiti sharsharasining bal. .430 m. Toʻlin suv davri togʻlardagi qorlar eriydigan mavsum — bahor va yoz boshlariga toʻgʻri keladi.