YORUBA TILI

YORUBA TILI — yoruba xalqi tili. Kvatshmari oilasiga mansub. Nigeriyaning jan.-gʻarbiy hududlarida, shuningdek, Dogomeyaning baʼzi viloyatlari va Togoning sharqiy hududlarida tarqalgan Yoruba tilida taxm. 26,2 mln. kishi soʻzlashadi (1992). Bir necha dialektlarga ajraladi. Yoruba tilida 7 ta sof va 7 ta dimoqburunda hosil boʻladigan unlilar mavjud. Unlilar uygʻunlashuvi va eliziyasn keng tarqalgan. Lugʻat tarkibida ikki va undan ortiq soʻzdan ibo-rat qoʻshma soʻzlar koʻplab uchraydi. Yuqori, quyi hamda oʻrta ohanglar aniq farklanadi, sirgʻaluvchi (yuqorilanuvchi va pasayuvchi) tovushlar ham uchraydi. Gap qurilishi soʻzlarning qatiy tartibiga asoslangan yozuvi lotin alifbosi asosida.