YORKIN Pavel Konstantinovich

YORKIN Pavel Konstantinovich [1891.10(22). 2, Kiyev – 1952.9.12, Toshkent] — balet artisti, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1952), oʻzbek professional balet sanʼatini yaratuvchilaridan. 1910—35 y. larda Kiyev, Odessa, Xarkov, Dnepropetrovsk, Rostov, Tbilisi opera va balet teatrlarida solist, baletmeyster va badiiy rahbar. 1935 — 38 y. larda Toshkent rus opera va balet teatrida baletmeyster va pedagog-repetitor. 1944—52y. lar Navoiy nomidagi opera va balet teatrida bosh baletmeyster. Eng yaxshi postanovkalari: «Boqchasaroy favvorasi» (B. Asafyev), «Koppeliya» (L. Delib), «Don Kixot» (L. Minkus), «Kizil gul» (R. Glier), «Raqqosa» (G. Mushel), «Oqqush koʻli» (P. Chaykovskiy), «Oqbilak» (S. Vasilenko) va b. 17 ta opera raqslarini sahnalashtirgan. 1944 i. da teatr qoshida balet studiyasi tashkil qilib, 1948-y. gacha rahbarlik qilgan. Yorkin tashabbusi bilan Moskva xoreografiya bilim yurti krivda oʻzbek balet studiyasi tashkil qilingan (1948—51).