YORK

YORK — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Uz daryosi sohilidagi port. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 104 ming kishi (1999). Oziq-ovqat, oyna sanoati rivojlangan. Mashinasozlik, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Y. 1-a. da rimliklar qalʼasi sifatida yuzaga kelgan. 6-a. dan ingliz-sakslar qirolligi poytaxti, 735-y. dan arxiyepiskop qarorgohi. Un-t, Yorkshir muzeyi, badiiy galereya, muzey-saroylar bor. Rim va oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan roman-gotika sobori (11 — 15-a. lar), saroy (13-a.), turar joylar saqlangan.