YILQI

YILQI — otlar podasi, ot toʻdasi, uyur. Yaylov yilqichiligi rivoj topgan Oʻzbekistonning togʻli va choʻl-dasht hududlarida Yilqi uyuri yil davomida (qishning qalin qorli sovuq kunlaridan tashqari) yaylovda asraladi va boqiladi. Biyalar uyuri 25—30 va undan koʻproq Yilqi va 6—8 oygacha boʻlgan qulunlardan tashkil etiladi. Qochirish mavsumi boshlanishida har bir uyurga bittadan naslli aygʻir qoʻyiladi. Yilqi uyuri uchun aygʻir yetakchilik vazifasini bajaradi.