YIL HISOBI

YIL HISOBI — katta vaqt oraliqlarini hisoblash tizimi. Yil hisobining koʻpgina tizimlari biron tarixiy yoki afsonaviy hodisadan boshlangan. Xristian cherkovi Yil hisobi boshlanishini afsonaviy Iso Masihning tugʻilishi b-n belgilagan. Mazkur Yil hisobi (yangi milod) tizimi hoz. koʻpgina mamlakatlarda qabul qilingan (q. Kalendar), Islomga eʼtiqod qiluvchi xalqlarda Yil hisobi milodiy 622 yil (Muhammadning Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan vaqti) dan boshlanadi.