OGʻIR MASHINASOZLIK SANOATI

OGʻIR MASHINASOZLIK SANOATI — mashinosozlik sanoatining yirik tarmogʻi. Metallurgiya, kon-ruda, yirik temirchilik-presslash, maydalashyanchish, koʻtarma-transport uskunalari, shuningdek, yirik ekskavator, rotor majmualari, teplovozlar, elektrovozlar, t. y. vagonlari, dizellar va b. ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari kiradi (q. Mashinasozlik sanoati).