OBDUZD

OBDUZD (fors, ob — suv va duzd — oʻgʻri, talash) — oʻrta asrlarda sugʻorish tarmoqlari (shohariq, anhor, kanal) dan navbatdan tashqari suvni yashirincha bogʻlab olish. Suv manbalarining etaklarida joylashgan yerlarda sugʻorish mavsumida shohariklardagi suvni qu-yiga ochib yuborish ham Obduzd hisoblangan. Obduzdlik, ayniqsa, Zarafshon vodiysining quyi oqimida Qorakoʻl va Olot tumanlarida kam suvlik mavsumlarida tez-tez sodir boʻlgan. Buxoro vohasida iyul oyining oxiri va avg. ning boshida 5 kun davomida sugʻorish tarmoklariga bogʻlab olingan suv «Obi talash», yaʼni janjalli suv deb yuritilgan. Chunki bu davrda suvga boʻlgan talab nihoyatda avj olib, Obduzdlik kuchaygan.

Ad.: Muhammadjonov A., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi (Qadimgi davrdan to XX asr boshlarigacha), T., 1972.