OBELISK

OBELISK (yun. obeliskos — six) — meʼmorial inshoot turi; yodgorlik. Yuqori (uchi)ga tomon ingichkalashib boradigan, asosan, toʻrtburchaksimon (kvadrat tarhli) qirrali ustun. Tarixiy shaxs yoki voqealar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatiladi. Dastlab Qad. Misrda paydo boʻlgan, saroy va ibodatxonalar oldiga yodgorlik sifatida oʻrnatilgan. Misrdan olib ketilgan yaxlit Obelisk lardan Yevropada shaharsozlik maqsadlarida foydalanilgan. Oʻzbekistonda Obelisk 20-a. boshlaridan qurila boshlagan. 1941—45 y. lar urushida halok boʻlgan jangchilarga atab Samarkand, Buxoro, Urganch va b. shaharlarda Obelisklar yodgorlik sifatida bunyod etilgan. Zamonaviy meʼmorlikda Obelisk monumental sanʼatning keng tarqalgan turi.