OBGARDON

OBGARDON (fors. — suv va boʻyin) — chumichsimon mis asbob; tuy hamda katta yigʻinlarda katta qozonlarga suv quyish, olishda, taom pishirish (guruch va suvni oʻlchash)da qoʻllanadi. Misdan 4—6 l suv sigadigan paqircha koʻrinishida yasalib, zoʻgʻatasiga yogʻoch dasta (40—70 sm dan 1—2 m gacha uzunlikda) oʻrnatiladi. Baʼzan Obgardon kandakori naqshlar bilan bezatiladi.