OBASANJO

OBASANJO (Obasanjo) Olusegun (1937.5.3, Abeokuta sh.) — Nigeriya davlat arbobi. General. Abeokutadagi baptistlar maktabini tugatgan. Angliya va Hindistondagi harbiy oʻquv yurtlarida oʻqigan. Nigeriya armiyasida turli lavozimlarda ishlagan. 1975—76 y. larda Nigeriya qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi. 1976—79 y. larda Nigeriya Federativ Respublikasi va federal harbiy hukumat boshligʻi, Oliy harbiy kengash raisi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni. 1979-y. 1 okt. da hokimiyatni fuqaro maʼmuriyatiga topshirgan va oʻz fermasida q. x. bilan shugʻullangan. Ayni paytda siyosiy faoliyatini ham davom ettirgan: turli xalkaro tashkilotlar ishida faol qatnashgan. Nigeriya hukumati faoliyatini tanqid qilganligi va unga oppozitsiyada boʻlganligi uchun 1995—98 y. larda qamoqda boʻlgan. 1999-y. gi prezident saylovida gʻalaba qozongan va shu yildan Nigeriya Federativ Respublikasi prezidenti.