OBAKI

OBAKI — oʻrtapishar mahalliy uzum navi. Obakining tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi yirik. Oʻrtacha kertikli doyra shaklida, ters tarafining tuklari siyrak. Guli qoʻsh jinsli. Uzum boshlari yirik (300 — 350 g), konussimon. Shingillari tigʻiz, tuxumsimon, seret, sershira, rangi kizil yoki pushti. Iyul oxirida pisha boshlaydi. Sent. boshlarida toʻla yetiladi. Mevasi tarkibida 20—21% qand, 6—7% kislota bor. Gektaridan 100—150 s hosil olinadi. Obakining Oq O. xili ham bor. Oqobakining uzum boshi oʻrtacha kattalikda (200—250 g), konussimon yoki silindr — konussimon, hovol. Gʻujumlari tuxumsimon, rangi och-yashil, yetil-ganda bir oz sargʻayadi. Kurtaklari boʻrta boshlagandan keyin 173 kunda (Toshkent atrofida) pishib yetiladi. Hosildorligi 150—180 s/ga. Sovuqqa ancha chidamli. Zamburugʻli kasalliklarga chidamsiz. Mevasi yeyiladi, vino tayyorlanadi. Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida koʻp ekiladi.