OBDASTA

OBDASTA (fors. — suv va dasta) , oftoba — roʻzgʻor buyumi; yuz-qoʻlni yuvishda ishlatiladigan idish. O. boʻgʻzi uzun va tor, quyi qismi (qorni) keng, baʼzan tubida chambaragi boʻladi (Qoʻqon va Toshkent O. lari), qopqoqli, uzun va ingichka joʻmrakli, dastali. Qadimdan mis va sopoddan ishlangan, ke-yinchalik choʻyandan tayyorlana boshlangan, hozirda, shuningdek, z-dlarda alyuminiydan quyib tayyorlanadi. Miskarlar shakliga koʻra, turli xil Obdasta (oʻrdak O., tovus O., tuyaboʻyin Obdasta va b.) tayyorlaganlar, kandakor ustalar ularni kandakori usulida turli xil nafis naqshlar b-n, baʼzan koʻzlar qadab ajoyib badiiy buyumlar yaratadilar. Ziynatlangan Obdasta namunalari respublika muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi. Andi-jon, Namanganda oftoba, Qashqadaryoda ibriq deb ataladi.