OGʻIZ SUTI

OGʻIZ SUTI — homiladorlikning soʻnggi haftalarida va tuqqandan keyingi dastlabki 2—3 kunda sut bezlarida ishlanib chiqadigan sut. Ogʻiz suti oddiy (yetilgan) sutdan yuksak darajada toʻyimliligi va yengil hazm boʻlishi, yogʻ, oqsil, tuzlari koʻpligi va qandi kamligi bilan farq qiladi. Ogʻiz suti dagi yog va tuzlar tar-kibi yangi tugʻilgan bola organizmidagi yogʻ va tuzlar tarkibiga oʻxshaydi. Ogʻiz suti vitaminlarga boy, unda antitelolar ham koʻp. Bola yangi hayot sharoitiga moslashgan sari O. s. ning tarkibi oddiy sutnikiga oʻxshab boradi.