OQTISHLILAR

OQTISHLILAR (Crocidura) – yerqazarlar oilasiga mansub hasharotxoʻr sut emizuvchilar urugʻi. Gavdasining uz. 4 — 15 sm (dumi 4—10 sm), kalta yung, siy-rak va uzunroq qil bilan qoplangan. Tishlarining koronkasi oq (nomi shundan olingan), yuqori jagʻining har qaysisi yarmida 3 tadan bir uchli tishlari bor. 150 ga yaqin turi Afrika, Jan. va Oʻrta Yevropa, Osiyo, jumladan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda tarqalgan. Oʻzbe-kistonda 2 turi: kichik O . Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon, Sirdaryo, Fargʻona, Surxondaryoda; oq qorinli Oqtishlilar Surxondaryo vodiysida uchraydi.