OQSUV

OQSUV — Qashqadaryo viloyatidagi soy. Hashqadaryoiing irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy yon bagridagi muzliklardan boshlanadi. Uz. 62 km. Suv yigʻilish mayd. 845 km2, oʻrtacha bal. 2444 m. O. ga chapdan Dahansoy, Obikixona, Gelendaryo, Rabot, Sujar kabi irmoqlar, oʻngdan Shutsoy quyiladi. O. Chiroqchidan 18 km yuqorida Qashqadaryoga kuyiladi. Qormuzliklardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 12,3 m3/sek. Eng koʻp suv sarfi iyun oyiga, eng kam suv sarfi dek. —yanv. ga toʻgʻri keladi. Yillik suvining 49,2% mart—iyunda oqib oʻtadi. Oqsuvning oʻrtacha oqim moduli 14,6 l/sek, km2. O. dan Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi tumanlarining ekin-zorlari sugʻoriladi.