OQPADAR, oq qilish — ota-ona tomonidan oʻz bolasini farzandlikdan maʼnaviy mahrum etish. Oʻgʻil yoki qiz juda qattiq gunoh (vatanga xoinlik, qotillik, buzuklik va b.), no-joʻya xattiharakat b-n ota-onaga no-mus keltiradigan ish qilsa, ota-ona bunday farzanddan voz kechgan va oʻz qarorini koʻpchilik oldida ochikdan-ochiq eʼlon qilgan. Oq qilingan farzandlar «oqpadar» deb atalgan (aksariyat, farzandlarini otalar (padarlar) oq qilganlari uchun shunday atalgan). Ular merosdan maxrum etilgan va uydan badargʻa qilingan, ularga qiz bermaganlar, jamoatga aralashtirma-ganlar. Oqpadarlar koʻpincha el-yurtdan chiqib, musofirlikda yashashga majbur edi. Oqpadar ota-ona tomonidan farzandlariga beriladigan eng oliy axloqiy jazo qisoblanadi.