OQDARYO TUMANI

OQDARYO TUMANI — Samarkand viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. datashkil etilgan. Ishtixon, Pastdargʻom, Samarkand, Jomboy, Payariq tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,37 ming km2. Aholisi 101,7 ming kishi (2000). Oqdaryo tumani t,da 2 shaharcha (Dahbed, Loyish), 6 kish-lok fukarolari yigʻini (Zarafshon, Primkent, Yangikent, Yangikoʻrgʻon, Qorateri, Qurilish) bor (2000). Markazi — Loyish shaxarchasi.

Tabiati. Tuman hududi Zarafshon daryosining irmoklari — Krradaryo va Okdaryo vodiysida joylashgan. Yerning ustki kismini daryolar olib kelgan allyuvial yotkiziqlar qoplagan. Relye-fi, asosan, yassi tekislik boʻlib, sharkdan gʻarbga nishab. Yer yuzasining bal. 450 m. Zarafshon daryosining faoliyati natijasida koʻx. na qayirlar (terrasalar) hosil boʻlgan. Iklimi kontinental. Shim., shim.-shark va sharq tomondagi togʻlar Arktikadan keluvchi sovuk shamollarni toʻsib turadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — G, iyulniki 27 — 28°. Yiliga oʻrtacha 200—300 mm yogʻin yogadi. Vegetatsiya davri 217 kun. Tuproklari qadimdan sugʻoriladigan 1—2% chirindili boʻz tuprok. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, bugʻdoyik, shoʻrajrik, kampirsoch, yulgʻun va b. usadi. Boʻri, tulki, kuyon, chiyaboʻri, jayra, toʻkayzorlarda kirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chugʻurchiq, zargʻaldoq; sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan koʻrsichkon, kichik Koʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, yumronkoziq, kalamush va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va b. millat vakillari xyam yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 da 275 kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda gʻisht z-di, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, meva koʻchatlari yetkazib beruvchi xoʻjalik, boʻrdoqichilik bazasi, kurilish boshqarmasi, konserva z-dlari, MTP mavjud. Q. x. ning barcha tarmoklari rivojlangan. Paxtachilik — yetakchi tarmoq. Tumanda 18 shirkat, 456 fermer xoʻjaligi mavjud. Q. x. da foydalaniladigan yerlarning 8501 gektariga paxta, 736 ga yerga kartoshka, 871 ga yerga sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. 11,6 ming ga dan ziyod yer mevazor, 45,7 ming ga dan ziyod yer tokzor va tutzorlar bilan band. Tuman xoʻjaliklarida 17,4 ming koramol, 12,1 ming qoʻy va echki, 1000 dan ziyod ot, 56 ming parranda boqiladi.

49 ta umumiy taʼlim maktablarida 30350 oʻquvchi taʼlim oladi. Musika, maxsus internat maktablari, ped., mexanika, iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatadi. Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, madaniyat markazi va mada-niyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud.

Markaziy kasalxona (286 oʻrin) va unga qarashli tibbiy muassasalarda 170 vrach va 970 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududini Katta Zarafshon magistral yoʻli kesib oʻtgan.

«Okdaryo ovozi» tuman gaz. chiqadi.