OQ ILON

OQ ILON, chipor ilon (Coluber ravergieri) — suvilonsimonlar oilasiga mansub tur. Gavdasininguz. 1 — 1,5 m. Terisi kulrang, baʼzan sargʻish, yashil tusda tovlanadi. Kaltakesaklar, qushlar va kemiruvchilar bilan oziqla-nadi. Kunduzi devor yoriklarida, toshlar tagida, turli kemiruvchilar inida, baʼzan odam yashaydigan binolarda yashirinib yotadi, ertalab va kechqurun faol. Urgʻochisi iyun—iyul oylarida 5—20 tatuxum qoʻyadi. Tuxumdan bolasi avgust — sent. da chiqadi. Oq ilon aprel—may oyida poʻst tashlaydi. Misr, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston, Zakavkazye, shim.-gʻarbiy Hindistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda tipik kenja turi uchraydi. Zahar-siz, bezovta qilinsa, tishlaydi.