OQ AKATSIYA

OQ AKATSIYA, soxta akatsiya (Robinia pseudoacacaia L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub daraxt turi. Boʻyi 20—30 m. Bargi uzun bandli, uz. 10—25 sm, patsimon murakkab; xar bir bargi 5—12 juftgacha yaproqchali. Gullari oq, hidli, shirali, toʻpguli shingilsi-mon. Dukkagi tuksiz, uz. 5—7 sm. Apr. ning oxiri — mayning boshida gullaydi, okt. da meva tugadi. Oʻrta Osiyoda manza-rali (asalli) daraxt sifatida park va xiyobonlarga ekiladi, qurgʻoqchilik-ka va shoʻrga chidamli boʻlgani bois togʻ yonbagʻirlarini va adirlarni oʻrmonlashtirish uchun koʻpaytiriladi. Yogʻochi pishiq. Duradgorlikda ishlatiladi.