OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI

OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI — ishtirokchilari oʻzlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf etishi mumkin boʻlgan aksiyadorlar jamiyati. Bundam aksiyadorlik jamiyati oʻzi chi-qaradigan aksiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan shartlar asosida ochiq obuna oʻtkazishga va ularni erkin sotishga haqi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. Oʻzbe-kistonda Ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyati «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida» gi qonun (1996-y. 26 apr.) bilan tartibga solinadi.