OCHILBEK

OCHILBEK, Ochil dev (taxm. 1883, Samarqand yaqinidagi Qoʻshtamgʻali qishlogʻi — 1923.10.5, Kitob atrofidagi Varganza qishlogʻi) — Samarqand viloyatida sovet rejimiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. Oʻzbeklarning nayman urugʻidan boʻlgan. Samarqand va Toshkentdagi jadid maktablarida tahsil olgan. Gʻuzor beki Sayd Akram toʻra (Buxoro amiri Olimxonnnng amakisi) xizmatida boʻlib, harbiy ishni oʻrgangan.

1918-y. oxirida u boshchilik qilgan guruh Samarqand viloyatida qizil askarlarga qarshi hujum boshlagan. 1921-y. dan Turkiston milliy birligi siyosiy tashkiloti koʻrsatmalari asosida ish olib borgan. Validiy uning qarorgohida boʻlib, bolsheviklarga qarshi kurashga gʻoyaviy rahbarlik qilgan (1922). Ochilbek boshchiligida 10 ta qoʻrboshi (Kattaqoʻrgʻonda Qoraqulbek, Urgutda Hoji Abdulqodir, Jizzax atrofida Maʼmur Niyozbek va Toʻrabek, Matcho bekligida Asrorxon, Nusratshoh, Hamidbek, Oʻratepada Xolboʻtabek va b.) va 4000—5000 yigit faoliyat koʻrsatgan. U Samarqand viloyatidagi boshqa yirik qoʻrboshi — Bahrombek (vafoti 1922) b-n hamkorlikda harbiy hara-katlarda qatnashgan. Ochilbekning hujumlari oqibatida Samarqand—Zarafshon hududidan Matcho togʻlari etaklariga qadar boʻlgan joylarda sovet xrkimi-yati agʻdarilgan. 1923-y. may oyining boshlarida Ochilbek oʻz guruhi b-n Shaxrisabzdagi vatanparvarlarga yordamga borgan. Kitob atrofida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan, uning omon qolgan (130 yigit) dastasiga Ziyovuddin boshchilik qilgan.

Ad.: Validiy, Boʻlinganni boʻri yer [Xotiralar], T., 1997; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.