OFOQXOʻJA (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston — 1695, Qoʻqon qishlogʻi, Kashqar viloyati) — islom va tasavvuf ilmining yirik targʻibotchilaridan biri va Yorkend xonligida taxtga oʻtirgan xoʻjalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining rahnamolaridan Mahdumi Aʼzamning avlodi. Ofoqxoʻjaning ismi Hidoyatullo boʻlib, u xalq orasida hurmat belgisi boʻlgan «Ofoq» («Yorugʻ dunyo» yoki «Yorugʻlik egasi») — xuja nomi bilan mashhurdir. Ofoqxoʻja yoshligida otasi Muhammad Yusuf ibn Eshon Kalon bilan turli shaharlarda yurib bilim va tarbiya olgan. 1638-y. da Kash-qarga kelib, otasi vafotidan soʻng bu yerdagi oqtogʻlik xujalarga bosh bulgan. 1670-y. da Yorkend xonligida yuz bergan ichki kurashlar natijasida O. Qashqarni tark etib Turkiston shaxarlarida, qalmoqlar (oyrotlar) orasida va Xeshi yulagidagi (Xesi-szoulan) vi-loyatlarda diniy targʻibot ishlari bilan shugʻullangan. 1678-y. da Tibetda 2 yilga yaqin yashagan va bu yerdagi budda dini vakillari bilan yaqin aloqada boʻlgan. 1680-y. Tibet zodagonlari yordamida oyrotlar xoni bilan tanishgan. 1681-y. da qalmoklar tomonidan Yorkend xonligi taxtiga oʻtqazilgan. Uning jasadi Yogʻdu deb nomlangan joydagi ota-buvalari qabri yoniga dafn etilgan. Shundan boshlab ushbu qabriston «Ofoqxoʻja mozori» deb nomlanib, ziyorat maskaniga aylangan.
Abdulahad Xoʻjayev.