OSON ERIYDIGAN QOTISHMALAR

OSON ERIYDIGAN QOTISHMALAR — qalayning nisbatan pastroq t-ra (taxm. 232°) da eriydigan qotishmalar. Tar-kibida turlicha nisbat va uygʻunlikda ushbu elementlar boʻladi: Sn (qalay), Bi (vismut), In (indiy), Pb (qoʻrgʻoshin), Cd (kadmiy), Zn (pyx), Sb (surma), Ga (galliy), Hg (simob) va b. Kavsharlar, eruvchan saqlagichlar, metall surkama (zamazka) lar, quyma qoliplar va zichlagichlar tayyorlanadigan materiallar sifatida ishlatiladi.