OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) – xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 1966-y. 22 avg. da kuchga kirgan. OTB tar-kibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Osiyo— Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61 mamlakat aʼzo. Bank faoliyatining asosiy maq-sadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga koʻmaklashishi, moli-yaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish. Bank xususiy sektorni ri-vojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 y. da 9,2 mlrd. dollar odatdagi kredit va 4,2 mlrd. dollar maxsus fond krediti berilgan. OTBning nizom jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng. Bankning har qanday qarorini xdmkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ularning har biri nizom jamgʻarmasining 15,9% mikdorida ulushga ega. Shuningdek, bank huzurida 2 maxsus fond faoliyat koʻrsatadi — Osiyo taraqqiyot fondi va Texnika yordami maxsus fondi. Bankka rivojlangan davlatlarning taʼsiri katta: mablagʻlarning 50% ularga tegishli. Shtab kvartirasi Manila (Filippinka. Oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Yaponiya vakili hamisha bank prezidenti boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi 1995-y. da ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. hoz. paytda Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy mikdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta loyixa amalga oshirilmoqda.