ORTIQOV

ORTIQOV Isroil (1907, Qoʻqon – 1938.5.10, Toshkent) — jamoat arbobi. Otasi dashnaksutyunlar tomonidan oʻldirilgan (1918). Yoshlar tashkiloti idoralarida faoliyat koʻrsatgan (1928-y. dan). Oʻzbekiston komsomoli MK 1-kotibi (1931—37). Ortiqov tashabbusi bilan Toshkentda zarbdor yoshlar koʻrigi (1931-y. 12 may) boʻlib, unda yigit-qizlar Oʻzbekistondagi yirik sanoat korxonalarini kurishda faol ishtirok etishga chaqirildi. Quvasoy sement k-ti, Toshkent toʻqimachilik k-ti, Chirchiq elektrokimyo k-ti, Buxoro va Samarkand ip-yigiruv f-kalari, Margʻilon shoyi toʻqish k-ti va b. inshootlar qurilishida yoshlar katta xizmat qilgan. Ortiqov maorif jabhasidagi yoshlar faoliyatini ham yoʻnaltirib turgan. 1937-y. 14 okt. da xibsga olingan va unga Oʻzbekiston yoshlarini millatchilik ruhida tarbiyalaganlik aybi qoʻyilgan. SSSR Oliy sudi xarbiy kollegiyasining Toshkentdagi sayyor majlisi karori bilan «xalq dushmani» sifatida otishga hukm qilingan. Ortiqov 1956-y. 12-iyunda SSSR Oliy sudining karori bilan toʻla oklangan.

Ad:. Mahmudov M., Barhayot siymolar, T., 1981; Usmonov I., Qatagʻon qurbonlari, T., 1992.