OROMO TILI

OROMO TILI — kushit tillarining biri. Efiopiyaning markaziy va sharqiy hududlarida hamda Shim. Keniyada tarqalgan, 8 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. Laqjalari shim. (tulama, borana va b.) va jan. (bararetta, uata va b.) guruhlarga boʻlinadi. Efiop alifbosi asosida yozuvi 1977-y. da joriy etilgan. Oromo tilida davriy matbuot chop etiladi, boshlangʻich maktablarda oʻqish-oʻqitish ishlari amalga oshiriladi, radioeshittirishlar olib boriladi.