ORIF GARMON

ORIF GARMON Toshmatov (1891.4.3 — Andijon—1944.3.5) — aktyor, sozanda (garmonchi). Oʻzbekiston xalq artis-ti (1941). Dutor chalishni otasi Toshmat hofizdan, garmon chalishni ama-kisi Hoji Garmondan oʻrgangan. 1905-y. dan sayyor truppalarda qiziqchilik va sozandalik qilgan. 1918-y. Andijonda T. Jalilov boshchiligidagi «Sanoiy nafisa» toʻgaragiga aʼzo boʻlgan. Tur-kiston Oʻlka Sayyor siyosiy truppasi (1918-19), Andijon teatri (1920 — 25), Asaka k-z—s-z teatri (1926—33)da aktyor, Andijonda musika ansambli rahbari (1933—44), O. G. oʻzbek professional teatriga xalq teatrining sah-na va musika anʼanalarini singdirilishiga hissa qoʻshgan. U garmonda «Ab-durahmonbegi», «Munojot», «Orom», «Andijon polkasi», «Tanavor», «Dilxiroj» va b. oʻzbek kuylarini, «Nasrulloyi», «Bayet», «Buzruk», «Navo» singari maqom yoʻllarini na-fislik bilan ijro etgan. U bir kancha kuylar muallifi.